DIQQAT, E’LON!

28-dekabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 20-dekabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va har oylik ustama olishga nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 500 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 400 ta kvota — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

Kvotalar “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar”lar yo‘nalishlari bo‘yicha hudud va tuman (shahar)lar kesimida taqsimlandi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota o‘rniga ko‘pi bilan uch nafar nomzod taqdim etiladi.

Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomdagi malakali pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan mezonlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar tomonidan taqdim etiladi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spesifikatsiyalari:

Texnologiya (servis)

Texnologiya (dizayn) 

Tasviriy san'at va chizmachilik

Rus tili va adabiyoti

Rus tili

Musiqa

Kimyo

Jismoniy tarbiya

Davlat va huquq asoslari

Biologiya

Qozoq tili

Qoraqalpoq tili

Qirg‘iz tili

Ona tili va adabiyoti

O'zbek tili

Matematika

Iqtisodiy bilim asoslari

Ingliz tili

Informatika va axborot texnologiyalari

Geografiya

Fizika

Boshlangich ta'lim

Tarix

Tarbiya

Tojik tili va adabiyoti

Turkman tili va adabiyoti

Fransuz tili

Nemis tili

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu