“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanloviga start berildi

18-sentabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar joriy yilning 20-oktyabriga qadar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo‘natishlari lozim:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati

Toshkent viloyati
Toshkent shahri

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti;

2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.
 
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!

Videotaqdimotga qoyiladigan talablar

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu