Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim maktablari deb yuritiladi)oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish;
mustaqil fikrlaydigan, tashkilotchilik qobiliyatiga hamda tadbirkorlik faoliyati boʻyicha keng tushunchalarga ega boʻlgan, amaliy kasbiy tajriba koʻnikmalari rivojlangan shaxslarni tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;
9-sinf bitiruvchilarini kelgusida taʼlimni 10-sinflarida yoki kasb-hunar maktablariga davom ettirishlari, mehnat faoliyatini tanlashga koʻmaklashish ishlarini nazorat qilish;
9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar maktablariga yoʻnaltirish yoki 10-11-sinflarda oʻqishlarini davom ettirishlari boʻyicha Davlat talablari ijrosi va oʻquv dasturlarining bajarilishi monitoringini olib boradi, tahlillar asosida oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
Kasb-hunar taʼlimning Davlat talablari, oʻquv reja va dasturlarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilishida hamda uzluksiz takomillashtirib borilishida koʻmaklashadi va hamkorlik qilish;
Kasbiy taʼlim berishda oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlik qilish ishlarida ishtirok etish;
taʼlimning uzluksizligini va izchilligini, oʻquv dasturlarining kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashda ishtirok etish;
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining bilim olishga boʻlgan motivatsiyasi, qiziqishlari va talablarini inobatga olib soʻrovnoma ishlab chiqish va oʻtkazish;
umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini kasbga nisbatan moyillik va qiziqishlarini aniqlash hamda shunga muvofiq oʻquvchilar, ota-onalar va oʻqituvchilar uchun kasbiy maslahatlar uyushtirish.
taʼlim-tarbiya va kasb-hunarga oʻrgatish jarayoniga zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali taʼlim va kasb-hunar berish sifatini oshirishni muvofiqlashtirib borish;
oʻquvchilarda mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish, taʼlim olish hamda kasb oʻrganishning davom ettirish yoʻllarini ongli ravishda tanlash va kasbiy taʼlim yoʻnalishlarini tanlashda koʻmaklashish;
umumiy oʻrta taʼlim tizimida kasbga yoʻnaltirish ishlarida erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish, ommalashtirish va ragʻbatlantirish ishlarini tashkillashtirish;
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi va “Hayotga tayyorlash” dasturlarini amalga oshirishda mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda malaka oshirish jarayonini tashkillashtirish, shuningdek hududni rivojlanishini inobatga olgan holda profilli sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyish;
oʻquvchilarda oʻqishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy oʻsishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash boʻyicha yoshga doir testlar bankini yaratish;
umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish ishlarini tashkil etish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
kasbga yoʻnaltirish boʻyicha Respublika taʼlim markazi va Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis Markazi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va nazorat qilish;
boʻlim faoliyatini vazirlikning barcha boshqarma va boʻlimlari, mutasaddiligidagi respublika tashkilotlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi hududiy boshqaruv organlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.