Respublika tashkilotlari

.
image

Xudaykulov
Sherzodjon
Uktamovich

Respublika ta’lim markazi direktori

1989-yil 2-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tavallud topgan.

2014-yil O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti (bakalavr);

2019-yil Webster Universiteti (magistratura).

2013-2014-yy - O‘zbekiston Davlat Jaxon tillari universiteti qoshidagi innovatsion markazi laboranti

2014-2015-yy - Toshkent yuridik kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi

2015-2019-yy - “LINGVO EXPRESS” nodavlat taʼlim muassasasi direktori va ingliz tili fani o‘qituvchisi

2015-2019-yy - O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi

2019-2021-yy - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi

2021-2021-yy - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Iqtidorli yoshlarni tanlab olish shuʻbasi mudiri

2021-y - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19-iyuldagi PQ-5188-son Qarori bilan Prezident taʼlim muassasalari agentligi deb o‘zgartirildi

2021-2021-yy - Prezident taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlarni tanlab olish va olimpiadalarni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i

2021 - 2023-yy- Guliston shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori

2023-2024-yy - Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i

2024-y. - h.v -   O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi direktori

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari:

umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti, tayanch va variativ oʻquv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning yagona maketlarini yaratish;

yaratilgan darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni ekspertizadan oʻtkazish, ularni taʼlim tizimida qoʻllash boʻyicha xulosa berish;

oʻquv rejasi, dasturlari, yaratilgan darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlariga rahbarlik qilish;

fanlarni oʻqitish metodikasi va oʻquvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish, shuningdek, taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ommalashtirish;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan fanlarni, ayniqsa, birinchi bosqichda matematika, informatika, kimyo, biologiya va oʻzbek tili (ona tili va davlat tili sifatida) fanlari uchun oʻquv-metodik taʼminotni yaxshilash hamda darsliklarning sifatli tayyorlanishini taʼminlash;

oʻquv-tarbiya jarayoniga “STEAM” fanlarini (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik texnologiyalar va boshqa maqbul metodikalarni joriy etish;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari (KPI) asosida tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari fan metodistlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va ularning reytingini shakllantirish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu