Sayt test rejimida ishlamoqda

Respublika tashkilotlari

.
image

Ismailov
Abduvali
Abdumalikovich

A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektori

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari:

xalq taʼlimi tizimini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;

umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar tashkil etish;

doktorantura yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshirish;

umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;

kelajak maktabi, uning rahbari va oʻqituvchisining modelini yaratish asosida xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining taʼlim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;

xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun namunaviy oʻquv reja, dastur, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning oʻquv-uslubiy taʼminotini doimiy yangilab borishga koʻmaklashish;

“Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari oʻquv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritilishini taʼminlash.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu