Vazirlik markaziy apparati

.
image

Mannonov
Jasur
Ibodulla o‘g‘li

Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi boshlig'i

09:00 - 18:00

1991-yil 26-may kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanida tavallud topgan.

2014-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2012-2014-yy. - Komoliddin Bexzod nomli milliy rassomchilik va dizayn instituti 2-toifali hisobchi

2014-2015-yy. - Toshkent davlat stomatologiya instituti reja-moliya bo‘limi 2-toifali iqtisodchi

2015-2017-yy. - Toshkent davlat stomatologiya instituti reja-moliya bo‘limi boshlig‘i

2017-2017-yy. - Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litsey bosh hisobchisi

2017-2018-yy. - Xalq taʼlim vazirligi moliyalashtirish buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi kichik mutaxassis

2018-2021-yy. -   Xalq taʼlim vazirligi moliyalashtirish buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh mutaxassisi

2021-2023-yy. - Xalq taʼlim vazirligi Davlat xaridlari bo‘limi  bosh mutaxassisi

2023-2023-yy. - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi

2023-y. -  h.v. -  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni shuningdek, Vazirlik ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini amalga oshirilishida belgilangan normativ-xuquqiy hujjatlar talablarini bajarilishini taʼminlash;

Vazirlik ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovar, ish va xizmatlarni respublika byudjet mablagʻlari, xorijiy investorlar mablagʻlari, xalqaro va xorijiy moliya institutlari grantlari, kreditlari shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlarini oʻrnatilgan tartibda tashkillashtirish;

byudjet mablagʻlari va (yoki) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishini taʼminlash;

davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati, asoslanganlik, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, tortishuv va xolislik, mutanosiblik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabi prinsiplarga amal qilish;

tender savdolarini tashkil qilish, oʻtzkazish jarayonlarini va Vazirlikning shu bilan bogʻliq hujjatlar aylanishi jarayonlarini muvofiqlashtirish;

Vazirlikda tashkil qilingan Tanlov komissiyasi ish faoliyatini hamda uning vazirlikning texnik va texnologik taʼminotini taʼminlashda yordam beruvchi ishchi organi faoliyatini muvofiqlashtirish;

boʻlim ish faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan Vazirlik va boshqa vazirlik va idoralar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qoʻllab-quvvatlash.

Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Boʻlim oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni Vazirlikning boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda toʻplaydi va ularni puxta ishlaydi;

Vazirlik ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovar, ish va xizmatlar xaridi hajmi yuzasidan reja tuzadi;

davlat xaridlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi;

Boʻlim ish faoliyati yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi;

Vazirlik ehtiyoji uchun tovar, ish va xizmatlarning xaridi yuzasidan www.xarid.uz saytida eʼlonlarni joylaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtiradi va davlat xaridini amalga oshiradi;

Davlat xaridlari bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtiradi va saqlaydi.

Boʻlimga ularning xizmat majburiyatiga kirmaydigan qoʻshimcha majburiyatlarni yuklashga, shuningdek, boʻlim funksiyalari va vazifalarini vazirlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari zimmasiga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu