Sayt test rejimida ishlamoqda

VAZIRLIK: RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA

23-mart 2023-yil
image

VAZIRLIK: RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA

Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Tadbir avvalida Navro‘z ayyomi munosabati bilan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Unda Prezident maktabining musiqa to‘garagi o‘quvchilari kuy-qo‘shiqlar bilan ishtirok etishdi. 

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘z loyiha ishlarini taqdimot qilishdi. 

Ma’lumot o‘rnida, seminar mashg‘ulotlari matematika va ingliz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida o‘tkazilmoqda.

Treninglar ayni damda Respublikaning 14 ta hududida joylashgan Prezident maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu