Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki ko‘rib chiqildi

23-mart 2023-yil
image

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki ko‘rib chiqildi

Italiyaning Rim shahrida o‘tkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev qator xorijiy ta’lim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.

Asosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyaxer ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Usmon Sharifxodjayev PISA dasturi rahbari bilan o’tkazilgan suhbatda ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz o‘quvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Uchrashuvda O’zbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025 yildagi tadqiqotida ishtiroki, o’quvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash bo‘yicha "Baby PISA" tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 2025 yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha muhim fikrlar bildirib o’tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu