Sayt test rejimida ishlamoqda

HELSINKIDA O‘ZBEKISTONDAGI TA’LIM ISLOHOTLARI HAQIDA SO‘Z YURITILDI

24-mart 2023-yil
image

HELSINKIDA O‘ZBEKISTONDAGI TA’LIM ISLOHOTLARI HAQIDA SO‘Z YURITILDI

Ayni vaqtda Helsinki shahrida  “Ta’limda Finlyandiya tajribasini joriy qilish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Finlyandiya ta’lim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi  tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda OTB tomonidan tanlab olingan, Finlyandiya bilan hamkorlikda amaliy natijalariga erishgan Filippin, Bangladesh, Nepal va Shri-Lanka bilan birgalikda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.

Davra suhbatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov O‘zbekistonda ta’lim islohotlarining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek,  vazirlikning xalqaro hamkorlari bilan ta’limda olib borayotgan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, davra suhbatida ishtirok etgan Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ikka Raisanen Finlyandiya tomonidan yurtimizda ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant  ajratilishini bildirdi.Ushbu grant o‘qituvchilarning malakasini oshirish, metodik xizmat va boshqaruv

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu