Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YUNЕSKO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi o‘rtasida kelgusi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi

1-mart 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.

Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

o'qituvchilar malakasini oshirish;

baholash tizimi;

inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

 

Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu