Yurist maslahati
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:
Davlat fuqarolik xizmatchisi pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishi, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi (aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga egalik qilish hollari mustasno) taqiqlangan.
(O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, 13-modda)