Islom taraqqiyot banki maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag’ ajratishi rejalashtirilmoqda

22-fevral 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’  ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu