2022-yilda Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida 2 610 ta kompyuter sinf xonalari tashkil etildi

15-dekabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirligida hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining ta’limni raqamlashtirishga mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida internet infratuzilmasidan samarali foydalanish, o‘quvchilar o‘rtasida foydali onlayn ta’lim resurslari (maktab.uz, kitob.uz, artshop.uzedu.uz, edukids, coursera.org)ni samarali targ‘ib etishga doir muhim masalalar muhokama etildi.

Xususan, 2022-yil davomida vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 2 610 ta kompyuter sinf xonalaridan unumli foydalanishga doir aniq vazifalar belgilab olindi.

Muloqot davomida joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, 2022-yil so‘nggiga qadar 3 200 ta maktabning STEM va fan xonalari, faollar zali, kutubxona va boshqa xonalariga Wi-Fi qurilmalari, bunda katta hajmdagi maktablarga 7 tagacha, sinfxonalari kam maktablarga 4 tagacha Wi-Fi qurilmalari o‘rnatiladi.

Shuningdek, 8 000 ta maktabga Yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘iga ulash maqsadida marshrutizatorlar o‘rnatish, 800 ta maktabga Elektron doska hamda 442 ta robototexnika jihozlari to‘plamlarini yetkazilib, 120 ta 3D animatsiyadagi videoroliklar ishlab chiqiladi.

Muloqot so‘nggida ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu