O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorida har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil qilish belgilangan.
Tanlov g’oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilab berilgan:
Tuman(shahar) bosqichida g'olib bo'lgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:
1-o'rin – 100 million so'm;
2-o'rin – 75 million so'm;
3-o'rin – 50 million so'm.
Viloyat bosqichida g'olib bo'lgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:
1-o'rin – 250 million so'm;
2-o'rin – 200 million so'm;
3-o'rin – 150 million so'm.
Respublika bosqichida g'olib bo'lgan maktablar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan:
1-o'rin – 500 million so'm;
2-o'rin – 400 million so'm;
3-o'rin – 300 million so'm
️Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha maktabning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari:
I. Xorijiy til o‘qituvchilarining malaka toifasiga egaligi;
II. Xorijiy til o‘qituvchilarining xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha maxsus sertifikatlarga egaligi;
III. Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilganligi;
IV. O‘quvchilarning olimpiada va tanlovlarda erishgan natijalari.
2022-2023-o'quv yilida o'tkaziladigan mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktablar https://ooo.uzedu.uz/login axborot tizimiga kirib, ro‘yxatdan o‘tishlari va ariza yuborishlari mumkinligini eslatib o'tamiz. Hozirgi kunga qadar 571 ta maktab tanlovda ishtirok etish uchun ariza yuborgan.
Arizalar qabuli 2022-yil 31-dekabrga qadar davom etadi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.
Izoh: Foto 2022-yil o‘tkazilgan tanlov jarayonlaridan.