Samarqand shahridagi 71-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv

8-noyabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning Samarqand shahridagi mavjud umumta’lim maktablarida olib borayotgan o‘rganish ishlari hududdagi 71-sonli maktabda davom etdi.

O‘quv muassasasi faoliyati bilan tanishish asnosida maktab rahbariyati va o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarga yaratib berilgan sharoitlar xususidagi fikrlari muhokama etildi.

Aytilganidek, farzandlarimizning bilimli va kelgusida o‘z kasbining ustasi bo‘lib kamol topishlari, har qanday vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishlarini ta’minlashda bugungi maktabda olayotgan tahsilning o‘rni katta va muhimdir.

Samarqand shahrida joriy yilning sentabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu maktab o‘quvchilari uchun ham o‘quv jarayonlari bir muddat to‘xtatilgani sabab ayni damda o‘quv darslari davom ettirilmoqda.

Shu bois vazir o‘quv jarayonlarini davom ettirayotgan 6-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi va ularning aniq va tabiiy fanlarga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Ularning bilim va hayotiy maqsadlariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

O‘zaro muloqotlar va savol-javoblarda faol ishtirok etgan o‘quvchi Mehriniso Qahhorovaga noutbuk sovg‘a qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu