Surxondaryo viloyatidagi maktablarni kuz-qish mavsumiga shayligi o‘rganildi

2-noyabr 2022-yil
image

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarida olib borilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga shayligi o‘rganib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Termiz tumanidagi 23-umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Suluv Hamidova hamda shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va ekspluatatsiya xizmati mas’ullari ishtirokida viloyatdagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavsum davomida isitish tizimlarida kelib chiqadigan nosoz holatlarning oldini olish, ularning tuzatish borasida mutaxassislarning fikrlari tinglandi. Nosoz isitish tizimlarini bartaraf etishda xizmat avtomashinalarning shayligi muhim o‘rin tutadi. Seminar davomida xizmat mashinalarining shayligi, asbob-uskunalarning butligi ko‘zdan kechirilib, ekspluatatsiya mas’ullari tomonidan takliflari berildi.

Shuningdek, tadbir so‘nggida viloyatdagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish natijalari muhokama qilinib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf etish choralari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu