Rossiya maorif vaziri Toshkent shahridagi 5-maktab faoliyati bilan tanishdi

31-oktabr 2022-yil
image

Bugun Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov hamda ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov poytaxtimizdagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Mehmonlar ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ta’lim mazmunini oshirish borasida olib borilayotgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan atroflicha tanishishdi.

Uchrashuvda mehmonga O‘zbekistonda maktab ta’limini rivojlantirish, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ularni hayotga tayyorlab borishda yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati mazkur maktab misolida tushuntirib o‘tildi.

O‘zaro muloqotlar davomida A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Russkiy yazik” darsligi namoyish etildi.

Sergey Kravsov mazkur maktab faoliyati bilan tanishar ekan, O‘zbekistonda maktab ta’limi davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotganligi, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda xalq ta’limiga e’tiborni e’tirof etib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu