Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida ikki mamlakatlarning taʼlim tizimlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yoʻnalishlari muhokama etildi.
Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi bugungi strategik hamkorlikka qoʻshimcha ravishda taʼlim sohasidagi aloqalarni ham yangi bosqichga koʻtarish imkoniyatlari haqida fikr almashdi.
Uchrashuv chogʻida oʻzbekistonlik oʻquvchilarga Turkiyaning yetakchi Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun grant ajratish, vazirliklar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Turkiya maorif vazirining Oʻzbekistonga ishchi tashrifi rejalashtirilayotganligi qayd etildi.
Xalq taʼlimi vaziri ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim sohasiga oid hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib olish uchun turkiyalik hamkasbi bilan uchrashuvga tayyorligini maʼlum qildi.