Nurafshon shahridagi 13-maktabda 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi bunyod etildi

14-oktabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida Investitsiya dasturi asosida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Aytish lozimki, hozirda mazkur maktabning mavjud 320 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirdan chiqarilmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi hamda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy o‘quv yilida maktabda 480 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olayotgan bo‘lib, yangi bino foydalanishga topshirilganidan so‘ng maktab o‘quvchilari to‘liq bir navbatdagi o‘quv jarayoniga o‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasida olib borilgan o‘rganishlar davomida yaratib berilgan mazkur imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish bo‘yicha maktab rahbariyati va o‘qituvchilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda barcha tegishli dasturlar doirasida viloyatdagi 91 ta maktabda 248,1 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi qadar:

22 ta maktabda mukammal ta’mirlash;

64 ta maktabda rekonstruksiya;

5 ta yangi maktab qurilishi ishlari olib borildi.

Buning natijasida hududda 14 286 ta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratilib, 2 koeffitsiyentdan yuqori maktablar soni 49 tadan 31 taga kamaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu