XALQ TAʼLIMI VAZIRI MASLAHATCHISI SIRDARYO VILOYATIDA FUQAROLARNING MUROJAATLARINI O‘RGANDI

10-fevral 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri maslahatchisi G‘ayrat Shoumarov tomonidan Guliston shahridagi 18-umumtaʼlim maktabida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida fuqarolar muammolari tinglanib, aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Qabul davomida 6 nafar murojaatchi tomonidan ko‘tarilgan muammolarga yechim topishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqib, ularni bajarish nazoratga olindi.

photo2022-02-1017-41-35.jpg

So‘ngra vazir maslahatchisi tomonidan viloyat xalq taʼlimi tizimida faoliyat olib borayotgan psixologlar uchun trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Guliston shahridagi Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan tayanch maktab-internatida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda jami 80 nafar tuman, shahar xalq taʼlimi bo‘limlari psixolog-metodistlari, tayanch maktab psixologlari va tuman, shahar psixologlari ishtirok etdi.

photo2022-02-1017-41-54.jpg

Davra suhbati davomida psixologlar “Suitsidning yuzaga kelish sabablari va omillari hamda uning oldini olish yo‘llari” mavzusi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Kelgusida maktab psixologlari olgan bilimlarini faoliyati davomida qo‘llab, suitsidni oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni reja qilib oldi.

photo2022-02-1018-24-46.jpg

Shundan so‘ng, Sirdaryo viloyatidagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan ijtimoiy-pedagogik-psixologik suhbat tashkil etildi. Suhbat doirasida G‘ayrat Shoumarov tomonidan tarbiyalanuvchilarning yashash sharoiti, qiziqishi, muassasaga kelish sabablari, kelajakda orzu va maqsadlari, muassasaga kelganidan so‘ng o‘zidagi ijobiy o‘zgarishlari batafsil o‘rganildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu