XALQ TAʼLIMI VAZIRI SAMARQANDDAGI BOLALAR KUTUBXONASIDA O‘QUVCHILAR BILAN SUHBATLASHIB, SO‘NGRA FUQAROLARNING MUROJAATLARINI TINGLADI

11-fevral 2022-yil
image

Ayni kunlarda Samarqandda bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bugun viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi "Bolalar kutubxonasi"da o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

222222.jpg

Vazir kutubxonada mumtoz adabiyotimiz durdonalaridan bo‘lmish g‘azallarni o‘qib-o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi orzu-istaklari bilan qiziqdi.

33333.jpg

Baxtiyor Saidov samimiy suhbat davomida faol o‘quvchilarni Xalq taʼlimi vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Ular Yangi O‘zbekistonning kelajagi ekanligini taʼkidlab, kelgusidagi o‘qishlariga ulkan muvafaqqiyatlar tiladi.

44444.jpg

Shuningdek, vazir viloyat "Bolalar kutubxonasi"ga Samarqand shahri, Toyloq va Samarqand tumanlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Ularning maktabga kuzatuv kamerasini o‘rnatish, Samarqand tumanidagi 33-IDUMda taʼmirlash ishlarini yakunlash, maktab kutubxonasini qardosh til hisoblanmish tojik tilidagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, Toyloq hududidan yangi maktab binosi qurib berish bo‘yicha taklif va murojaatlarini tinglab, ularni o‘z nazoratiga olishini taʼkidladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu