- AKT vositasida o‘qitish va o‘rganish;
- O‘quvchilarga yo‘naltirilgan taʼlim yondashuvi;
- Professional muloqot;
- Formativ fikr-mulohazalar va baholash;
- Ijodiy va tanqidiy fikrlash;
Bu masalalarning barchasi Ustozlar Milliy forumida muhokama etiladi.
Joriy yilning 10-11 avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan metodist va maktab direktorlari uchun fanlar kesimida tashkil qilingan 9 ta sho‘bada mahalliy va xorijiy trenerlar ishtirokida o‘quvlar tashkil qilinadi.
Hurmatli ustozlar, yangiliklarga tayyor turing! Hademay ushbu forum sizning hududingizga yetib boradi.
Seminar 16-18 avgust kunlari viloyatlarda, 23-25 avgust kunlari shahar va tumanlarda, 27-29 avgust kunlari umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida o‘tkaziladi.