O‘zbekiston Futbol assotsiyasiyasida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII xalqaro futbol turnirida g‘olib bo‘lgan Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi Vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, vazirlikning Maktabdan tashqari taʼlim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Murod Karabayev hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengash raisining birinchi o‘rinbosari Tolibjon Toyirov ishtirok etdi.
Xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga uchrashuv ishtirokchilari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.