London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon taʼlim forumida dunyoning 70 dan ortiq vakillari qatorida O‘zbekistondan Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Mazkur forumda taʼlim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari o‘z taqdimotlari bilan qatnashmoqda.
Mazkur forumda ishtirok etishdan asosiy maqsad xalqaro metodikalarni o‘rgangan holda O‘zbekistonda ham o‘qituvchilarni sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish, yetakchi nashriyotlar bilan zamonaviy darsliklar yaratish kabi muhim masalalarni ko‘rib chiqishdan iborat.
Forum ishtirokchilari o‘z chiqishlarida taʼlimni rivojlantirish, bu borada amalga oshirilgan hamda kelgusi rejalar borasida o‘z fikrlarini bildirmoqda.