Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan bugun Toshkent shahridagi 255-sonli umumta’lim maktabi hududida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Murad Buildings va qator qurilish kompaniyalari asoschisi, tadbirkor Murod Nazarov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayevlar hamkorligida “Ziyo dunyosi bog‘i”ning ilk ko‘chatlari o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus doirasida 13 noyabr (shanba) kuni barcha ekishga imkoniyati bor maktablar hududida “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” shiori ostida ommaviy daraxt ekish tadbirlari o‘tkaziladi. "Mening birinchi niholim" nomi bilan ekilgan daraxtga ramziy ma’noda o‘quvchilarning ismi shariflari yozib qo‘yiladi.
Xalq ta’limi vazirligi so‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilgan ob-havodagi o‘zgarishlar mazkur aksiyaning yuksak ahamiyatini ko‘rsatganligini inobatga olgan holda barcha o‘quvchilar, ota-onalar, soha xodimlarini “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etishga chorlab qoladi! Bizning “Ziyo dunyosi bog‘i”ning yaralishiga hissa qo‘shish istagida bo‘lganlar uchun esa shunday imkoniyat mavjud.
#yashil_makon #яхшидан_боғ_қолади