SAMARQAND VILOYATIDA DASTLABKI MANZIL TOYLOQ TUMANI BO‘LDI

19-may 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari joylardagi muammolarni va sohadagi islohotlarning natijadorligini o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

s3.jpg

Dastlabki manzil Toyloq tumani 4- va 21-maktab bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining dars jarayonlarida ishtirok etildi. Baxtiyor Saidov deyarli oxirlab qolgan o‘quv yilida o‘quvchilarning 11 yil davomida maktabda olgan bilimlari, kelajakdagi kasblari bilan qiziqdi. Ertangi hayotda o‘zining munosib o‘rnini topishi uchun tanlagan kasbi muhimligi, farovon turmushga ega bo‘lish, qolaversa mamlakat taraqqiyoti uchun ham turli kasblarni egallashlari hayotiy misollarda tushuntirildi.

s4.jpg

Shuningdek, 4-maktabda tarix fanidan “Mobil metodik guruh” o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan suhbatlashildi. Muloqot davomida yaqinda qabul qilingan xalq taʼlimini rivojlantirishning 5 yillik milliy dasturi mazmun-mohiyati tushuntirildi. Kelajagimiz o‘qituvchilar qo‘lida ekanligi, buning zamirida katta masʼuliyat borligi taʼkidlandi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchilarning takliflari tinglandi.

s2.jpg

Samarqand viloyatidagi taʼlim muassasalarini o‘rganish davom etmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu