XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI VA GYOTE INSTITUTI TOMONIDAN 30 NAFAR PEDAGOGLAR VA PSIXOLOGLAR O'QITILADI

16-avgust 2021-yil
image

"O'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish jarayonida nemis tilining ahamiyati" loyihasi doirasida joriy yilning 16-20 avgust kunlari "hamkorlikdagi sifatli ta'lim – kelajakdagi muvvafaqiyat garovi" mavzusida xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan 30 nafar pedagoglar va psixologlar uchun seminar-trening bo'lib o'tadi.

2k2a3398.jpg

Bugun, 16 avgust kuni seminar-treningni ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Voxobjon Rajapov, O'zbekistondagi Gyote instituti direktori Yan Xelfer, Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O'zbekistondagi vakolatxonasi va "Knauf gips Buxara" MCHJ xodimlari ishitirok etdi.

Seminar-trening davlatimiz rahbarining o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirishning yangi tizimini yaratish borasidagi muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan bo'lib, kasb-hunarga yo'naltirish usullarini muhokama qilish, sohada xalqaro tashkilotlar va ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik o'rnatish maqsadida o'tkazilmoqda.

2k2a3387.jpg

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari seminar-trening ishtirokchilariga maktablarda o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar, yuksak bilimli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishda, ta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan pedagog xodimlarning kasbiy bilim va mahoratini oshirish bo'yicha joriy etilayotgan yangiliklar to'g'risida ma'lumot berdi.

2k2a3398.jpg

Mazkur seminar-trening 20 avgust kuniga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu