VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KOʻRSATISHNING YANGI TIZIMI MUHOKAMA ETILDI

10-avgust 2021-yil
image

Joriy yilning 9-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari B. Abdullayev raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman) A. Yusupova va Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari V.Rajapov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 490-son qarori ijrosiga bagʻishlangan videoselektor shaklida qoʻshma seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda hududlardan xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari boshliqlari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash, Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining hududiy boshqarmalari masʼul rahbarlari va qarorda belgilab berilgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 490-son qarorining mohiyati hamda mamlakatimizda soʻnggi yillarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning taʼsirchan tizimini yaratish borasida katta yutuqlarga erishayotganligi taʼkidlandi.

Xususan, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari V.Rajapov oʻz maʼruzasida Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori ijrosini xalq taʼlimi tizimida taʼminlash yuzasidan kerakli tavsiya va koʻrsatmalarni masʼullarga tushuntirib berdi.

 

Seminar yakunida Xalq taʼlimi va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan mazkur qaror ijrosining monitoringini yuritish yuzasidan alohida ishchi guruh tuzish hamda Xorazm viloyati misolida qarorni amalga oshirish mexanizmlarini tahlil qilishga kelishib olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu