NAVOIYLIK INFORMATIKA OʻQITUVCHILARI TOP-100 ROʻYXATDA BIRINCHI BOʻLDI

7-iyul 2021-yil
image

“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari Informatika fani oʻqituvchilari uchun oʻtkazilgan tanlov natijalari eʼlon qilinib, TOP-100 nafar oʻqituvchilar roʻyxati shakllangani haqida avvalroq xabar bergandik.

Top-100 roʻyxatda Navoiy viloyati oʻqituvchilaridan 22 nafari yuqori natijani qoʻlga kiritib, respublika miqyosida birinchilikni qoʻlga kiritdi.

Oʻqituvchilar soni boʻyicha keyingi oʻrindan qoraqalpogʻistonlik 16 nafar oʻqituvchi joy oldi. 12 va 13 nafar oʻqituvchi bilan Namangan va Fargʻona viloyatlari keyingi oʻrinlardan joy olgan. TOP-100 roʻyxatga kirgan har bir oʻqituvchiga 4 900 000 soʻm pul mukofoti beriladi.n.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida loyiha doirasida Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-son umumtaʼlim maktabi direktoriga “Prezident sovgʻasi” — “Spark” avtomobili topshirilgan.

Hozirda respublikamizda 284 ming oʻquvchi zamonaviy dasturlashni oʻrganmoqda, 133 ming nafari “Bir million dasturchi” loyiha doirasida 4 ta yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi sertifikatlarini qoʻlga kiritga

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu