Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari Ibrohim Joʻrayev Navoiy viloyatining olis hududlaridagi maktablarni oʻrganmoqda. Kecha ushbu maktablarga borib kelish uchun vazir oʻrinbosari qariyb 1000 kilometrlik yoʻlni bosib oʻtdi.
Shunday maktablardan biri Tomdi tumani “Shiyeli” ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan namunali 8-umumtaʼlim maktabi boʻldi. Mazkur taʼlim muassasi tuman markazidan 135 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, Ibrohim Joʻrayev maktabdagi sharoitlar bilan tanishib, ularni yaxshilash boʻyicha oʻz takliflarini berdi.
“Keregetau” ovul fuqarolar yigʻini Jiriq ovulidagi 13-umumtaʼlim maktabida 82 nafar oʻquvchi taʼlim oladi. Hozirda maktabning 3 ta binosi mavjud boʻlib, boshlangʻich sinflar uchun moʻljallangan bitta bino 1969-yilda, ikkitasi 1988-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan.
Vaziyat bilan yaqindan tanishgan vazir oʻrinbosari mazkur binolar oʻrnida 2 qavatli 100 oʻrinli zamonaviy maktab qurilishi boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.