O‘quvchi-yoshlarning qishki taʼtilini samarali tashkil etish, intellektual salohiyatini oshirish va bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 6 – 10 yanvar kunlari matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan 4 - 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn olimpiada o‘tkazildi. Bilimlar bahsida 6 nafar eng bilimli, zukko o‘quvchlar g‘olib deb topildi.
Bugun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasida onlayn olimpiada g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonov bilimli yoshlarni tabriklab, iqtidorli, yuksak cho‘qqilarga intilayotgan isteʼdodlar safini yana-da kengaytirish borasida fikr bildirdi.
Olimpiada g‘oliblari va ularning ustozlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati