Prezidentimizning barcha islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgani barchamizga maʼlum. Bugun vazirlar, xokimlar, sektor rahbarlari pastga tushib, mahallabay muammolar o‘rganilib, o‘zgarishlarni mahallalarda amalga oshirmoqda.
Xalq talimi sohasida ham muammolar “maktabbay” o‘rganilib, yechimi hal etilmoqda. Bu borada ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtdoshlarimizning faolligi oshib, o‘z munosabat va takliflarini bermoqda.
Bugun Xalq talimi vazirligi mutasaddilari Chortoq tumanidagi 1-sonli maktabda bo‘ldi. Maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan uchrashib, maktab muammolari o‘rganildi.
10-sinf o‘quvchilari bilan suhbatda ko‘proq kasblar haqida tanishtirish, faqat 5-6 ta kasb bilan chegaralanmasdan, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, sanoat sohalari bilan xam tanishtirib borishi zarurligi, buning uchun chuqurroq talim olishi, ko‘proq kitob o‘qishlari targ‘ib qilindi.
Maktabning 2 nafar isteʼdodli ijodkor o‘quvchisiga noutbuk, maktabga elektron doska sovg‘a qilindi. Shuningdek, vazirlik ishchi guruhi Uychi tumanidagi 7- va 22-sonli maktablarda ham bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
O‘rganilgan maktablarni 2023 yilda Investitsiya dasturiga kiritgan xolda mukammal tamirlash, o‘quvchi soni o‘sishini inobatga olib, qo‘shimcha bino qurish taklifi bildirildi. 22-maktabga 2 ta kompyuter sinfi, 7-maktabga televizor va fanga oid videodarslar taqdim etildi.