Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Namangan viloyatidagi maktablarni o‘rganish davomida ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilgan o‘qituvchi Nafosat Muhitdinova faoliyat yuritayotgan Norin tumanidagi 3-sonli maktabda bo‘ldi. O‘qituvchining taʼlim jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglanib, dars jarayonida ishtirok etildi.
Mazkur maktab o‘quvchilari bilan fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha muloqot qilinib, jahon adabiyotining nodir asarlaridan bo‘lgan adabiyotgan to‘plami, o‘qituvchi Nafosat Muhitdinovaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarga yana-da ko‘proq bilim berishi uchun noutbuk sovg‘a qilindi.
Maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining uchun dars jarayonida foydalanishlari uchun elektron doska, kompyuter sinfi taqdim qilindi. Maktab binosini 2023-2024 yillarda Investitsiya dasturiga kiritgan holda sharoitlarni yaxshilash rejaga kiritildi.
Shuningdek, 1965 yilda qurilgan, taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan hamda moddiy-texnik bazasi nochor bo‘lgan 6-sonli maktab faoliyati bilan tanishildi. Kelgusida aholi soni o‘sishini inobatga olib mazkur maktab o‘rnida 990 o‘rinli yangi maktab binosi qurish bo‘yicha Investitsiya dasturiga kiritish taklif qilindi.