QORAQALPOG‘ISTON MAKTABLARINI O‘RGANISH NATIJALARI: NIMALAR KUTILMOQDA?

25-fevral 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati 2022 yil 23-25 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Natijada xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida qator muammolar tahlil qilinib, ularning  yechimlari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Xususan, joriy yilning 24 fevral kuni Nukus davlat pedagogika institutida Xalq taʼlimi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirlari, vazirlik mutasaddilari, rektorlar hamda professor ishtirokida “Mobil metodik guruhlar” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston tajribasi” yo‘lga qo‘yilib, uning ijobiy tajribalarini boshqa hududlarda ham joriy etishga kelishib olindi.   

photo2022-02-2517-12-55.jpg

Xizmat safari davomida Qoraqalpog‘istonning  Taxtako‘pir, Ho‘jayli tumanlari va Nukus shahridagi taʼlim muassasalaridagi mavjud muammolar o‘rganilib, o‘quvchilarga sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, Respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan taʼlim muassasalarida bo‘lib, u yerda taʼlim olayotgan o‘quvchilarga  hammadan ko‘proq eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi. Ularning muammolarini xal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi taʼkidlandi. 

Xususan,  Nukus shahar “Chimboy guzari” va “Jana bazar” MFY hududlarida har biri 660 o‘rinli yangi maktab binolari quriladigan bo‘ldi. 2 navbatdan yuqori umumtaʼlim maktablariga qo‘shimcha o‘quv binosi qurish bilan birga,  Xo‘jayli tumanidagi 3-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 150 o‘rinli yotoqxona  hamda 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘quv binosini taʼmirlash, qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv binosi, 75 o‘rinli yotoqxona va suzish xavzasi (basseyn) qurish bo‘yicha ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga takliflar kiritildi.

photo2022-02-2517-05-52.jpg

Joriy yilda Nukus shahridagi 10-sonli ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati 100 o‘rinli hom g‘ishtdan qurilgan o‘quv binosi o‘rniga 220 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish, mavjud yotoqxona va yordamchi xonalarini taʼmirlash, sunʼiy qoplamali sport maydoni barpo etish, mebel jihozlari, Brayl displey texnik vositalari bilan taʼminlash,  Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosini  mukammal taʼmirlash hamda jihozlash amalga oshirilishi rejalashtirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu