XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGIDA AQSH ELCHISI BILAN XALQ TAʼLIMI SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

1-mart 2022-yil
image

Joriy yilning 1 mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH davlatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik va o‘zaro diplomatik aloqalar taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib, bu borada amalga oshirilayotgan joriy hamkorlik masalalari o‘zining ijobiy natijalarini berayotgani taʼkidlandi.

Taʼlim sohasidagi xalqaro ilg‘or tajribani O‘zbekistonga tadbiq etishda AQSH bilan olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyati, xususan Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan amalga oshirilayotgan ishlar tilga olinib, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirildi.

photo2022-03-0120-27-45.jpg

Elchi O‘zbekistondagi missiyasiga kirishganda oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik sahifalariga taʼlim elchisi bo‘lish ekanligini qayd etdi.

Vazir va elchi muloqot chog‘ida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, maktablarda taʼlim sifatini ko‘tarish, almashinuv dasturlari, inklyuziv taʼlimga oid loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu