Navbatdagi taʼlim muassasalarini o‘rganish ishlari Kocon tumanidagi 6-, 8-, 9-, 11-maktabda olib borildi. Mazkur maktablarda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Maktab binosi, sinfxonalar, oshxona, sport maydonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq ishlar rejalashtirildi.
O‘rganish jarayonida vazir taʼlim maskanlaridagi o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi. Suhbat jarayonida bilimli va hozirjavob o‘quvchilarga noutbuk taqdim etdi.
Baxtiyor Saidov umumtaʼlim maktablaridan so‘ng Qarshi shahridagi 18-ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi hamda 33-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar bilan tanishdi. Pedagogik jamoaning mazkur maskanlardagi muammolar bo‘yicha fikrlarini tingladi.
Kun davomida o‘rganish ishlari olib borilgan taʼlim muassasalari faoliyati Qarshi shahar xalq taʼlimi bo‘limida muhokama etildi.