Joriy yilning 9 mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostinno Pinna bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirishda xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Italiyaning zamonaviy texnologik kompaniyalari bilan maktab taʼlimini rivojlantirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston umumtaʼlim maktablarida italyan tilini ommalashtirish, aniq fanlarni italyan tilida o‘qitish maqsadida italiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning sifatli taʼlim olishlarini taʼminlash borasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.