BO‘ZATOV TUMANI MAKTAB O‘QITUVCHILARINING BILIMLARI DIAGNOSTIKADAN O‘TKAZILDI: NATIJALAR 50 FOIZDAN PAST KO‘RSATKICHNI QAYD ETDI

11-mart 2022-yil
image

10 mart kuni Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida o‘z faoliyatini davom ettirdi.

Jumladan, “Mobil metodik guruhlar” faoliyatini rejalashtirish doirasida tumandagi 1-, 4-umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilaridan o‘zlarining fan yo‘nalishlari bo‘yicha diagnostik testlar olindi. Dastlabki test natijalariga ko‘ra 1-sonli maktab o‘qituvchilari o‘rtacha 49,6 foiz, 4-sonli maktab o‘qituvchilari o‘rtacha 47,7 foiz natija ko‘rsatdi. Mazkur natijaning o‘zi ham bugungi kunda maktab o‘qituvchilarining sohaviy bilim va malakasini oshirish qanchalik dolzarb masala ekanligini ko‘rsatmoqda.

Endilikda, mazkur maktablardagi o‘qituvchilarning bilimini diagnostikadan o‘tkazish hamda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etiladi. Jumladan, joriy yilning 14 martidan boshlab Beruniy tumanidagi 40-, 43-maktablarda Qoraqalpoq davlat universiteti, Bo‘zatov tumanidagi 1-, 4-maktablarda esa Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti huzuridagi “Mobil metodik guruhlar” tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi.

photo2022-03-1111-22-26.jpg

Bundan tashqari, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy rivojlanish” platformasi orqali pedagogik kompetensiyalarning darajasini oshirish bo‘yicha ham qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari mazkur hududlarda oliy taʼlim muassasalarining “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etish hamda o‘quvchilarni oliy va kasbiy taʼlimga yo‘naltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu