Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

22-noyabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Jumladan, Qarshi shahrida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining tuzilgan bitim talablariga mosligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Hududdagi 230 nafar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tadbirkorlariga o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Qarshi shahar, Qarshi tumani hamda Nishon tumanidagi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faol ishtirok etdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu