Joriy yilning 23-27-mart kunlari “SmartGov Group” nodavlat taʼlim muassasasi (NTM)ning tashabbusi va Xalq taʼlimi vazirligining koʻmagi bilan xalq taʼlimi tizimida faoliyat yurituvchi bir guruh masʼullarga AKT yoʻnalishi boʻyicha bir haftalik oʻquv kursi tashkil etildi.
Mazkur oʻquv kursida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi xodimlari hamda Mehribonlik uylari direktor va oʻrinbosarlaridan iborat jami 64 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Mutlaqo bepul tashkil etilgan oʻquv kursida tinglovchilarga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tuzilgan oʻquv dasturi asosida bilim berildi.
Shu oʻrinda, Xalq taʼlimi vazirligi nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan bildirilgan bunday tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashini va hamkorlik uchun doimo tayyorligini maʼlum qiladi.
.