Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha keskin choralar ko‘riladi

15-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va  maktab ta’limi tizimida korrupsiyaning oldini olish, uning sabablarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish hamda ularni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 71 202-09-09 raqamli "Ishonch telefoni" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Hurmatli hamyurtlar!

Agar Siz maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh bo‘lsangiz yoki ularning qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lsangiz, "Ishonch telefoni" (71 202-09-09)ga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Murojaatlar ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi va ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.

Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo‘llashi mumkin:

vazirlikning rasmiy telegram boti (@mmtv_anticorbot);

vazirlikning info@xtv.uz elektron pochta manzili.

Unutmang! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi hamda fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi, ma’lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu