Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida fransuz tili o‘qitiladi

15-oktabr 2024-yil
image

Joriy yilning 14-15-oktabr kunlari Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet xalqaro haftalik doirasida Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Natali Lasslet Parij shahrida imzolangan grant kelishuvini amalga oshirish maqsadida poytaxtdagi 34-sonli hamda 100-maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari malaka oshirish institutida ikkinchi xorijiy til sifatida fransuz tili joriy qilinadigan MMT rahbar va metodistlari uchun “Kokoro lingua” platformasidan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Maʼlumot uchun: 2024-yilning 3-oktabr kuni Parij shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi binosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Xilola Umarova hamda Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida 5-6 yoshlik bolalar uchun bepul fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu