Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);
➖ Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);
➖ Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);
➖ Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);
➖ Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);
➖ Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);
➖ Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);
➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
➖ Jismoniy tarbiya, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);
Shuningdek, Musiqa adabiyoti va tarixi, Musiqa nazariyasi, Sanʻat tarixi, Amaliy sanʻat, Etika va estetika, Akademik xonandalik, Anʻanaviy ijrochilik (cholgʻu ijrochiligi, xonandalik), Anʼanaviy cholgʻular ijrochiligi, Arxitektura dizayni, Axborot texnologiyalari asoslari, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi, Badiiy kashtachilik usta-rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Badiiy naqqoshlik usta-rassomi, Badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi, Baxshichilik sanʼati, Charm buyumlari dizayneri, Damli cholgʻular ijrochiligi, Damli va zarbli cholgʻular (gaboy, fagot, tuba , trombon), Dastgohli rangtasvir rassomi, Drama teatri va kino aktyorligi, Estrada cholgʻulari ijrochiligi, Estrada xonandaligi, Folklor ijrochilik sanʼati, Fortepiano ijrochiligi, Grafika rassomi, Haykaltaroshlik, Interyer dizayni, Kino va televideniya rassomi, Kompozitsiya, Kompyuter grafikasi va dizayn, Konsertmeyster (Joʻrnavoz), Lak miniatyurasi rassomi, Landshaftlar va atrof muhit dizayneri, Liboslar dizayni, Mahobatli rangtasvir rassomi, Musiqiy teatr aktyorligi, Mutaxassislikka kirish, Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissori, Qalamtasvir, Rangtasvir, Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi, Rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarini qayta tiklash rassomi, Rassom-fotograf, Sanoat dizayni, Sirk sanʼati (jismoniy yoʻnalish), Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Tarixiy teatr liboslari sanʼati rassomi, Tasviriy sanʻat (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), Teatr sanʻati, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Teatr sanʼati butafori rassomi, Texnogen sanʼati, Torli cholgʻular ijrochiligi, Umumiy fortepiano, Vokal sanʻati, Xalq cholgʻulari ansambli, Xalq raqsi ijrochisi, Xonandalik, Xor dirijyorligi, Xoreografiya (Xalq sahna raqsi), Zarbli cholgʻular fanlaridan — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi.
Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari