“Raqamli avlod qizlari” Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida bo’lishdi

8-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Digital Generation Uzbekistan” bilan hamkorlikda o’tkazib kelinayotgan “Raqamli avlod qizlari”loyihasining faol ishtirokchilari BAAda ta'lim sayohatida bo’lishdi. 

Mazkur loyiha doirasida ishtirokchi qizlar Emirates National School bilan hamkorlikda raqamli texnologiyalar sohasida tajriba almashishdi va yangi bilimlarni egallashdi.

Dastur doirasida shuningdek xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilib, o’quvchi qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ma’lumot o’rnida: “Raqamli avlod qizlari” loyihasi 2021-yildan e’tiboran an’anaviy tarzda har yili o’tkazib kelinmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu