Yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi tashkil etiladi

25-iyun 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etildi.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklarini oʻtkazib boriladi.

2025-yil yakuniga qadar:

ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalari joriy qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu