"Yangi Oʻzbekiston" universitetida Tibbiyot fakulteti tashkil etilmoqda

17-sentabr 2024-yil
image

Samarqand shahrida Oʻzbekiston va Germaniya davlatlarining tegishli vazirlik va idoralar, turli tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev va Germaniyaning "Mangold consulting" rahbariyati ishtirokida vazirlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida jahon andozalariga mos Tibbiyot fakultetini tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyiha va memorandum imzolandi.

Aytish lozimki, Germaniya standartlari asosida tashkil etilayotgan ushbu fakultet oʻzining maxsus klinika va tadqiqot markaziga ega boʻladi. Shuningdek, taʼlim va tadqiqot jarayonlarining ingliz tilida tashkil etilishi xorijlik professor-oʻqituvchilarni jalb qilish imkoniyatini beradi.

Maʼlumot uchun: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti Tibbiyot fakulteti Germaniyaning Frayburg universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Frayburg universitetida 20 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Dunyo oliygohlari reytingida ushbu universitet 128-oʻrinni, tibbiyot fanlari boʻyicha 98-oʻrinni egallaydi.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu