Bogʻcha tarbiyalanuvchilari savodxonligini oshirish va ularning sogʻlom ovqatlanishiga doir muhim masalalar muhokama qilindi

13-sentabr 2024-yil
image

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahrida “Maktabgacha taʼlim asoslarini mustahkamlash: bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va oilani jalb qilishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Mehribonlik Korpusining (Mercy Corps) Oʻzbekistondagi filiali, Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbir AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan MakGovern-Doul “Bolalar taʼlimi va ovqatlanishi uchun xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog va metodistlari qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan maʼruzachilar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida erta savodxonlikni rivojlantirish va pedagoglarni tayyorlashning ilgʻor xalqaro tajribalari xususida oʻz mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, maktabgacha taʼlimda xotirani rivojlantirish va bolalarning hissiy va ijtimoiy oʻsishiga yordam berish yoʻllari va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

Maʼlumot uchun: McGovern-Dole “Taʼlim va bolalar ovqatlanishi” dasturi Oʻzbekistonning qishloq hududlarida bolalarning erta yoshdan taʼlim olishini yaxshilashga qaratilgan besh yillik dasturdir. Dasturdan koʻzlangan maqsad, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va ovqatlanishni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratgan holda, bolalar rivojlanishiga yaxlit yondashuvni yaratishdan iborat.

Mazkur konferensiya joriy yilning 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu