O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi

6-sentabr 2024-yil
image

Joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasida (IOI 2024) Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

G'oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu