Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova “Chinobod Plaza” sanatoriyasida faxriy ustozlar bilan muloqot qildi

1-sentabr 2024-yil
image

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan bir guruh ustozlar uchun ushbu sanatoriyaga bepul yo’llanma taqdim etilgan bo’lib, ayni damda ular sog’liqlarini tiklashlari hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Muloqot avvalida vazir ustozlarni bayram bilan samimiy tabriklab, o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi. 

Suhbat davomida Hilola Umarova fidoyi va tajribali ustozlarning bosib o‘tgan yo‘li ibrat maktabi ekanligini, ularning yosh avlodni Vatanga sadoqatli farzandlar qilib yetishtirishdagi bemisl hissasini alohida ta’kidlab o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan  ushbu loyiha tizimli tarzda davom etishi belgilangan bo‘lib, ustozlarni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishishtirish rejalashtirilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu