Xalqaro hamkorlik

14-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tassarufidagi umumta’lim maktablari vakillari Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan “UNESCO assosiatsiyalangan maktablar tarmog‘idan o‘rta maktab o‘qituvchilari uchun umumiy madaniy merosni tushunish, saqlash va himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy” o‘quv-treningida ishtirok etishmoqda. 

Mazkur o‘quv-treningi “Markaziy Osiyodagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari - Yevropada madaniy meros yilining xalqaro aspektlari” loyihasi doirasida tashkil etilib, hozirgi kunda mazkur loyihada respublikaning 40 ta umumta’lim maktablari a’zo hisoblanadi.

Ushbu trening joriy yilning 13-15-avgust kunlari o‘tkazilib, tadbirda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar tajribasini boyitishga hissa qo‘shish, kelajak avlodlari uchun merosimizni asrab-avaylashga ko‘maklashish maqsadida ta’lim dasturlariga yashab kelayotgan merosni kiritish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu